Alliance Française

Tachkent

Biz bilan bog’lanish:


Telefon raqamlari:
(+99871)2449408
(+99871)2449409

Manzil:
Zulfiyaxonim ko’chasi, 112

Ish vaqti:
Dush-juma: 14:00 - 19:00
Shanba: 14:00-18:00
Yakshanba, dushanba: dam olish kunlari

Manzil sxemasi

“Allyans fransez” butun jaxon bo’ylab faoliyat ko’rsatadigan tarmoq

Xozirgi kunga kelib “Alliyans fransez” xalqaro tarmog’I 146 ta jaxon davlatlarida faoliyat ko’rsatayotgan 800 dan ortiq tashkilotlardan iborat.

“Allians fransez”da Fransuz tilini 500 000 dan ziyod turli millatga mansub kishilar o’rganishmoqda.

Butun jaxonda faoliyat ko’rsatayotgan “Allians fransez” tashkilotlari Fransiya va frankofon davlatlarining madaniyati va maxalliy madaniyatlar aro bog’lovchi xisiblanadi. “Allians fransez”ning asosiy faoliyati fransuz tilini o’rgatish hamda fransuz madaniyati bilan tanishtirishga yo’naltirilgan.

Yuz yildan o’rtiq tarixi

П“Allians fransez”ning birinchi tashkilotiga 1883 yil Parij shaxrida asos solingan. Uning asoschilari, bir qator usha davrning buyuk davlat arboblaridir, masalan: Ferdinand de Losseps, Lui Paster, Ernest Renan, Jul Vern va boshqalar.

“Allians fransez” jamg’armasi

2007 yilda Parijning “Allians fransez” jamg’armasi tashkil topgan. Ushbu jamg’arma butun jaxon bo’ylab yangi tashkilotlarning asoslanishiga va ularda faoliyat ko’rsatayotgan odamlarning malakalarini oshirishga yo’naltirilgan.

Jamg’armaning saytida siz “Allians fransez”ning tarixi xaqida va butun jaxondagi tashkilotlarning joylashishi borasida batafsil ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

Toshkent Fransuz Alliansi (AFT)

Bizning burchimiz

Fransuz tili va madaniyatini rivojlanishini tadbiq etish hamda fransuz va o’zbek tillariga qiziquvchilar sonini orttirish.

Toshkent Fransuz Alliansining tarixi

Toshkent Fransuz Alliansi (sobiq Fransuz instituti) – bu nodavlat notijorat tashkilot bo’lib, u belgilangan Nizonga tayanib faoliyat ko’rsatadi. Toshkent Fransuz Alliansi O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida rasman ro’yxatdan o’tgan. 2015 yilning 7 noyabr kuni O’zbekiston va Fransiya Respublikalari o’rtasida kelishuv imzolandi. Mazkur kelishuvga binoan Toshkent shaxrida Toshkent Fransuz Alliansiga asos solindi. AFT dunyoning 5 qit’asining 146 ta mamlakatida joylashgan 800 dan ortiq allianslardan tashkil topgan tarmoqning bir qismidir. Birinchi fransuz Alliansi 1883 yil Parijda Buyuk fransuz yozuvchisi Jul Vern va taniqli fransuz olimi Lui Paster tashabbusiga binoan tashkil topgan.

AFT asosiy maqsadi: O’zbekiston va Fransiya davlatlari o’rtasidagi mavjud madaniy-ma’rifiy va do’stona aloqalarni rivojlantirish, hamda madaniyat, ma’rifat, ilm va texnika soxalarida ikki davlat o’rtasidagi xamkorlikni mustahkamlashdir.

Bir yil mobaynida AFTda 1000 dan ortiq talabalar taxsil olishadi. Shu bilan birga Toshkent fransuz alliansi fransuz tili bo’yicha xalqaro imtoxonlarni tashkil etadigan markaz xamdir. Toshkent fransuz alliansi binosida O’zbekistondagi eng boy fransuz tili kutubxonasi joylashgan. Mazkur kutubxonada 8000 mingdan ortiq resurslar mavjud. AFT turli konferensiyalar, kollokviumlar, treninglar, seminarlar, malakani oshirish kurslari va shu tariqa boshqa tabirlarni xam tashkil etadi.

Toshkent Fransuz Alliansi O’zbekiston Respublikasining mas’ul Vazirliklariga hamda o’quv muassasalariga fransuz tilidagi o’quv qo’llanmalarni ishlab chiqishda ko’mak beradi. Shu bilan birga fransuz tili mutaxxasislari va o’qituvchilarini malakalarini oshirishda faol qatnashadi.

AFT binosida Campus France Ouzbekistan idorasi faoliyat ko’rsatadi. U o’z navbatida xoxlovchilarga turli stipendiyalar, Fransiyaning turli o’quv muassalari va ixtisoslashtirilgan markazlarida taxsil olish, yo’nalish tanlash va xujjatlarni to’ldirish kabi ma’lumotlarni taqdim etadi.


Bizning xamkorlar:



Fondation alliance francais Посольство Франции в Узбекистане Campus France Ecole Francaise