Alliance Française

Tachkent

Biz bilan bog’lanish:


Telefon raqamlari:
(+99871)2449408
(+99871)2449409

Manzil:
Zulfiyaxonim ko’chasi, 112

Ish vaqti:
Dush-juma: 14:00 - 19:00
Shanba: 14:00-18:00
Yakshanba, dushanba: dam olish kunlari

Manzil sxemasi


Campus France

Campus France


Kampyus Frans – bu fransuz oliy ta’limini chet ellarda targ’ib qiluvchi va xalqaro onlayn (mobil) kurslarni tashkil qiluvchi Fransiya davlat agentligidir. Kampyus Frans talabalar, tadqiqotchilar va mutaxassislarni xalqaro miqyosda onlayn (mobil) qabul qiladigan, boshqaradigan va fransuz oliy talimini tashviqoti bilan shug’ullanadigan yangi jamoat tashkiloti hisoblanadi.

Agentlik Tashqi ishlar, Oliy ta’lim va Ilmiy tadqiq otlar vazirliklari huzurida (qoshida) joylashgan.

Kampyus Frans CNOUS 2012 yil 1 sentabrda ozining xalqaro faoliyatini boshlagan.


Vazifasi

Tashqi Ishlar Oliy ta’lim va Ilmiy tadqiqotlar vazirliklari qoshida turib Kampyus Frans fransuz oliy ta’lim sistemasini dunyoga yoyish, xorijlik talabalarga o’quv yurti tanlashlarida, Fransyaga kelishlarini uyushtirish va kelgan kunlaridan to o’qishni tamomlab ketgunlariga qadar ko’maklashishni o’z oldiga maqsad qilib qoygan.

Dunyo bo’ylab 180-dan ziyod byuro va filallari tarmog’iga suyangan holda Kampyus Frans xorijiy talabalarga fransuz oliy ta’limi to’g’risida, Fransiyaga kelishdagi bajariladigan ma’muriy ishlar haqida ma’lumot beradi. Ularga o’quv programmalarini tanlashda ko’maklashadi, mamlakatda bo’lishlarini tashkil qiladi.


Kompyus Frans byurosida siz quyidagi ma’lumotlarni olishingiz mumkin:

• Fransiya oliy o’quv yurtlariga qanday yozilish mumkinligi to’g’risida ma’lumotlar;

• O’quv programmalarini tanlash haqidagi konsultatsiyalar;

• Ta’lim uchun grandlar to’g’risida ma’lumotlar;

• Nomzodning anketasini(dosyesini) to’ldirish borasida yordam olish;

• Fransiyadagi fransuz tili kurslariga qanday yozilish mumkinligi to’g’risida ma’lumotlar;



Manzilimiz: Toshkent Kompyus Frans byurosi, Alliance Française de Tachkent 112, Zulfiyaxonim ko’chasi

Telefonlar: (+99871) 244 94 08

Elektron manzil: campus.ouz@gmail.com
Leila Broncard: leila.broncard@diplomatie.gouv.fr

Qabul kunlari: dushanba :14 :00 – 18 :00, seshanba :17 :00 – 19 :00, chorshanba :14 :00 – 18 :00 (oldindan yozilish bilan)

Bizning xamkorlar:



Fondation alliance francais Посольство Франции в Узбекистане Campus France