Alliance Française

Tachkent

Biz bilan bog’lanish:


Telefon raqamlari:
(+99871)2449408
(+99871)2449409

Manzil:
Zulfiyaxonim ko’chasi, 112

Ish vaqti:
Dush-juma: 14:00 - 19:00
Shanba: 14:00-18:00
Yakshanba, dushanba: dam olish kunlari

Manzil sxemasi


Mediateka

Mediateka

Siz oquvchi , talaba yoki oqituvchimisiz? Fransuz adabiyotini yoqtirasizmi? Fransiya va fransuz tilida sozlashuvchi davlatlar madaniyatiga qiziqasizmi? 8000 dan ortiq asarlarni ozida jamlagan Toshkent Fransuz Alliansining mediatekasi sizga quyidagilarni taklif qiladi:

  • Fransuz tilidagi kitoblarning katta toplami (roman, novella, komiks, rasmlarga boy albom, suratlar togrisidagi kitoblar va osmirlar uchun adabiyotlar).
  • Ensiklopedik va ixtisoslashgan lugatlar toplami
  • Fransiya va fransuz tilida sozlashuvchi mamlakatlarning kino (DVD) va musiqa (SD) disklar toplami.

Fransuz tilini organuvchilar uchun muhim qoshimcha adabiyotlar manbai bolgan kutubxonamizda sizning bilim darajangizga mos oquv va metodik qollanmalar bilan birga badiy adabiyotlar ham mavjud.

Mediatekamiz ishlash va uchrashish uchun juda qulay joy. Dam olish va bayram kunlaridan tashqari har kuni ishlaydi. Oquv zalida siz, ozingiz uchun quyidagilarni topishingiz mumkin:

  • Fransuz adabiyotining mavzuga oid saylanmasi
  • Fransuz tilida gazeta va jurnallar

Siz kitob va jurnallarni uyga olib ketishingiz ( lugatlar va ensiklopediyalardan tashqari) yoki oquv zalida dars qilishingiz, ishlashingiz mumkin.

Наши партнеры:



Посольство Франции в Узбекистане Campus France