Toshkentdagi Fransuz Alyansi media kutubxonasidan nimani topsam bo’ladi?
Toshkentdagi Fransuz Alyansining frankofoniya media kutubxonasi 6 000 dan ortiq nomga ega, jumladan, barcha darajalar uchun o‘quv audio va video materiallarning boy to‘plami, shuningdek, barcha janrdagi va barcha yoshdagi turli filmlar to‘plami.
Bizning onlayn katalogimiz:
(link)
Media kutubxonasi ham Culturethèque platformasi chet eldagi fransuz madaniy tarmog’ining raqamli kutubxonasida 2000 dan ortiq fransuz tilidagi hujjatlarni (adabiyot, matbuot, filmlar, musiqa va boshqalar) taklif etadi.
Media kutubxonasidan foydalanish shartlari
O‘quv zalida media kutubxona resurslaridan foydalanish bepul.
Materiallarni uyga olib borish, Culturethèque Platformaga kirish uchun obuna talab qilinadi.
To’lov uslubi
Siz onlayn to’lov yoki bo’lmasa Alyansimizdagi kutubxonada to’lov qilish imkoniyatiga egasiz.
Materialni yetkazib berish shartlari
Barcha materiallarni 2 haftagacha, 1 haftaga uzaytirish imkoniyati bilan olish mumkin
Media kutubxonasidan foydalanish shartlari fransuz tili o‘qituvchilari va keng jamoatchilik uchun bir xil.
Qo’shimcha savollar va ma’lumotlar uchun +998 71 244-94-08 / +998 71 244 94 09 telefon orqali murojaat qilishingiz mumkin.